“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi xalqaro reyslarga ro‘yxatdan o‘tishda amal qiladigan yangi qoidalar haqida ma’lum qildi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xalqaro reyslarga ro‘yxatdan o‘tishdagi yangi qoidalar “Toshkent” xalqaro aeroportida parvozlar va yo‘lovchi tashishlar  sonining oshishi sababli joriy etilgan. Endi “Uzbekistan Airways”xalqaro reyslariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti jo‘nashga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda yakunlanadi.

Kompaniya yo‘lovchilardan parvoz oldi tayyorgarligidan o‘tish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha vaqtni hisobga olib, aeroportga barvaqt kelishlarini so‘rab qoladi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA