BMT Falastinning a’zoligi masalasini ovozga qo‘yadi

Xavfsizlik Kengashi Falastinni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilish bo‘yicha ovoz berish jarayonini tashkil etadi, deb yozdi “Frans Press” agentligi bir qator diplomatik manbalarga tayanib.
Tomonlarning hududiy manfaati bilan bog‘liq Falastin – Isroil mojarosi ko‘p yillardan buyon mintaqada keskinlik va qurolli to‘qnashuv manbai bo‘lib kelmoqda. 1947-yil Isroil va Falastin davlatini tashkil etish belgilangan, biroq faqat Isroil davlati tuzilgan. Shundan buyon falastinliklar o‘z davlatini tuzish va BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishga harakat qilib keladi.