Davlatimiz rahbari to‘qimachilik tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eshitdi.
Muloqotda tadbirkorlar:
– korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish;
– qo‘shilgan qiymat solig‘ini bir kunda qaytarish amaliyotini kengaytirish;
– bo‘yalgan mato eksportini kengaytirish;
– eksportoldi kreditlar olishni soddalashtirish;
– to‘qimachilik korxonalarining obyektlarini qurishda yengillik berish;
– korxonalarning arzon moliyaviy resurslarga ehtiyojini qondirish;
– mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini ommalashtirish masalalarini ko‘tardi.
Davlatimiz rahbari bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.
O‘zA