Poytaxtimizda Vengriyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Vengriya – O‘zbekiston konferensiyasi» tashkil etildi. Unda tibbiyot sohasida mamlakatimiz va Vengriyada faoliyat yuritayotgan ishbilarmon doira vakillari, soha mutaxassislari hamda vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirok etdi.

So‘ngi yillarda ikki mamlakat o‘rtasida turli jabhalarda, shu jumladan farmatsevtika yo‘nalishida hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borayotgani e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda ushbu mamlakatning bir qancha nufuzli farmatsevtika korxonalari bilan Vengriya dori vositalarining yurtimizda ishlab chiqarilishini mahalliylashtirish, sifat nazorati, shuningdek, farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Konferensiya davomida turli ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazildi.

M.Qosimova, O‘zA