Tamaki chekuvchi inson har qanday vaqtda, har qanday joyda tamaki mahsulotini iste’mol qilishi mumkin. Mamlakatimizda chekishdan yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish maqsadida chekish joylariga qonunchilik darajasida cheklovlar o‘rnatilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq, tamaki mahsulotini iste’mol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalardan tashqari ish joylarida, sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport-sog‘lomlashtirish muassasalarida, yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini iste’mol qilish bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA