O‘zbekistonda doimiy yashovchilar soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda
225
Prezident huzuridagi Statistika agentligi yil boshidan buyon aholi sonining o‘sishiga oid ma’lumotlarni e’lon qildi.
2024-yil 16-aprel kungi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 36 million 990 ming 58 nafarni tashkil qiladi. Ulardan 18 594 902 nafari erkaklar, 18 339 670 nafari ayollardir.
Qayd etilishicha, respublikada doimiy yashovchilar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan.
Yil boshidan buyon mamlakat aholisi soni 163,5 ming kishiga, joriy yilning har oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga ko‘paydi.
O‘zbekistonda doimiy yashovchilar soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA