O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Eksportga mo‘ljallangan va iste’mol maqsadlarida undiriladigan don, dukkali hamda moyli ekinlar urug‘larini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Eksportga mo‘ljallangan va iste’mol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urug‘larini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomda:

urug‘larni yetishtirish, tozalash, zararsizlantirish, shuningdek, ixtiyoriy sertifikatlashtirishga oid talab va shartlar;

ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazish uchun ariza berish va uni ko‘rib chikish tartibi belgilab berilgan.

Eksportga mo‘ljallangan va iste’mol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urug‘larini sertifikatlashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Qabul qilingan ushbu Nizom xorijiy davlatlarga eksport qilinadigan va iste’mol maqsadlarida undirilgan yoki undirishga mo‘ljallangan don, dukkakli hamda moyli ekinlarning urug‘larini ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi.

 

O‘zA