Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tarkibida bugunga qadar erkin kurashchilarimiz 2 ta kumush, 1 ta bronza, yunon-rum kurashchilarimiz 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 16-aprel kuni chempionatning yunon-rum kurashi bahslarida  Ilhom Bahromov (-60 kg), Shermuhammad Sharibjonov (-67 kg), Abdullo Aliyev (-72 kg), Muhammadqodir Rasulov (-82 kg) va Abduqodir Jalilov (-97 kg) kabi polvonlarimiz maydonga chiqishadi.

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA