Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
Unda Doniyorxon Nakibov (-77 kg.) turkmanistonlik Bazargeldi Yezimovni yengdi va bronza medali uchun Janubiy Koreya vakili Yong Xyun Noh bilan kuch sinashdi. Keskin va murosasiz o‘tkazilgan ushbu bellashuvda Doniyorxon Nakiboyev g‘olib chiqdi hamda shohsupaning uchinchi o‘rnidan joy oldi.
Shuningdek, -87 kg. vazn toifasida Rahimjon Uzoqov ham Syong Xvan Lini (Koreya Respublikasi) yengib bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA