Bugun poytaxtimizda “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” formatidagi tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi boshlandi.
Anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, O‘mon va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari ishtirok etmoqda.
Faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyxun Bayramov taklif etilgan.
O‘zbekiston, xususan, Toshkent shahri, Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik tarixiy aloqalar, madaniy almashinuvlar va bugungi kunda o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun ulkan salohiyatga asoslangan mintaqalararo bog‘liqlikning yangi formatiga amaliy sur’at bag‘ishlaydigan muhim xalqaro forum o‘tkaziladigan manzilga aylanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: 2022-yilning 7-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida “Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi – Markaziy Osiyo” Strategik muloqotining birinchi vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.
Ushbu xalqaro yig‘inda Bahrayn, Qatar, Kuvayt, BAA, O‘mon, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari Kengash mamlakatlari va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi siyosat, xavfsizlik, savdo va investitsiya, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar va sport sohalaridagi munosabatlarning hozirgi holati hamda istiqbollari muhokamasi kutilmoqda.
Muharrama Pirmatova, Davron Ernazarov (foto), O‘zA