Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Tunisning Monastir shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada hamyurtimiz Denis Istomin bosh sovrin sohibiga aylandi.

Tajribali tennischimiz mazkur musobaqaning juftlik bahslarida rossiyalik Yevgeniy Karlovskiy bilan finalga qadar yetib keldi. Ular so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida Buyuk Britaniya vakillari Jeyms Devis hamda Xussey Jayls tandemi bilan jang qilishi kerak edi.

Ammo Jeyms va Xussey mazkur bahsni o‘tkazishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi. Shu tariqa D.Istomin va Ye.Karlovskiy bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA