FOTOREPORTAJ

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi “ADM Jizzakh” mas’uliyati cheklangan jamiyati 2021-yilda tashkil etilgan. O‘tgan uch yilda korxonada “Kia”, “Chery” hamda “Haval” brendlari ostida 23 turdagi 36 mingta avtomobil ishlab chiqarilgan.

Korxonaning yuqori texnologik uskunalari Janubiy Koreya, Yaponiya va Germaniya kabi davlatlardan keltirilgan. Zavodda 30 ta robot bor, ishlab chiqarish jarayoni 33 foiz avtomatlashtirilgan. Avtomobilning yurish qismlari sozligi, statik va dinamik tormoz tizimini tekshirish jihozlari o‘rnatilgan. MCHJda 1 ming 800 ta ish o‘rni yaratilgan.

Kelgusida korxonada yiliga 100 ming dona yengil avtomobil ishlab chiqarish quvvati yaratilishi rejalashtirilgan. Natijada, ish o‘rinlari soni 3 mingtaga yetkaziladi.

Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA