Joriy yilning 14-aprel kuni poytaxtimizdagi “Humo Arena” majmuasida professional boks bo‘yicha “IBA Chempionlar oqshomi” o‘tkaziladi. Tashkilotchilar kechada ringga ko‘tariladigan bokschilar ro‘yxatini e’lon qildi.

“IBA Chempionlar oqshomi”da ringga ko‘tariladigan bokschilar ro‘yxati bilan tanishing:

-75 kg: A’loxon Abdullayev – Jargal Otgonjargal (Mo‘g‘uliston)

-71 kg: Iqboljon Xoldarov – Rahmanqo‘l Sagadat (Qozog‘iston)

-63.5 kg: Mujibillo Tursunov – Juma Choki (Tanzaniya)

-60 kg: Elnur Abduraimov –  Carlos Ornelas (Meksika)

+92 kg: Jahongir Zokirov – Smaki Agron (Xorvatiya)

+92 kg: Maylk Xanter (AQSH) – Artyom Suslenkov (Rossiya)

-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Fatix Keles (Turkiya)

-51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Samuyel Karmona (Ispaniya)

Ma’lumot uchun,  “IBA Chempionlar oqshomi”da og‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov xorvatiyalik Smakichi Agronga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, mazkur bahs bekor qilindi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA