Musulmonlarning eng muqaddas bayramlaridan bo‘lgan Ramazon hayiti kunida Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining turli hududlariga o‘nlab havo hujumlarini uyushtirdi.

“So‘nggi 24 soat ichida harbiy havo kuchlari G‘azo sektorining turli qismlarida o‘nlab nishonlarga hujum qildi”, — deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.

Armiya departamentining aniqlik kiritishicha, ular harbiy istehkomlar, granata otish joylari va tunnellarga zarba bergan.

Shuningdek, Isroil armiyasi G‘azo sektorining markaziy hududlarida falastinlik qarshilik jangchilari bilan yuzma-yuz to‘qnashuvlar bo‘layotganiga e’tibor qaratgan.

“G‘azo sektori shimolidagi Jabaliya shahridan isroilliklarning anklav bilan chegaradosh aholi punktlari tomon raketa uchirildi va Shujayya hududida isroillik harbiylarga katta hujum uyushtirildi”, — deyiladi xabarda.

O‘zA