“Qazgidromet”ning xabar berishicha, bir qator hududlarda tog‘lar hamon qor bilan qoplangan. Shu bilan birga, to‘satdan kunlarning isishi va kuchli yomg‘ir mamlakatda qor erishi va suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi “Kazinform” axborot agentligi.

Mutaxassislarning tahlillariga ko‘ra, yaqin kunlarda Qozog‘istonda kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Shimoliy, markaziy va sharqiy hududlarda kechasi yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi. Shuningdek, mamlakat bo‘ylab shamol kuchayishi ham mumkin.

Aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida esa butun Qozog‘istonda 20-22 darajagacha isish kuzatiladi.

“Meteorologik stansiyalarda olib borilgan uzoq yillik kuzatuvlarga ko‘ra, bir oylik yog‘ingarchilik bir kunda yog‘ishi mumkin, bu esa xavfli tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Haroratning ko‘tarilishi va kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Qozog‘istonning janubi-sharqiy tog‘ daryolari bo‘ylab kuchli yomg‘irli sel kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.

 

O‘zA