Xitoy Isroilni BMT Xavfsizlik Kengashining barcha rezolyutsiyalarini bajarishga va G‘azo sektorida hujumlarni bas qilishga chaqiradi, deb bayonot berdi mamlakatning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Day Bin Bosh assambleya majlisida so‘zga chiqib.
– BMT rezolyutsiyalari ijro etilishiga barcha mas’ul va u to‘liq bajarilishi kerak, -dedi Day Bin. -Bu bahstalab masala emas. Biz Isroilni BMT a’zosi sifatida o‘z majburiyatlariga jiddiy amal qilishga hamda BMT rezolyutsiyalarini bajarishga chaqiramiz. Isroil G‘azoga qilayotgan hujumlarini darhol to‘xtatishi kerak.
Uning ta’kidlashicha, G‘azo qamali va anklavga gumanitar yordam yetkazilishiga atay qo‘yilgan to‘siqlar bekor qilinishi va barcha chegara o‘tish manzillari to‘liq ochilishi lozim.