Yaponiya parlamentining asosiy Quyi palatasi iqtisodiy xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lumotlar uchun xavfsizlikni rasmiylashtirish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi.

Yalpi majlis parlament Quyi palatasi saytida namoyish etildi.

Yangi tizimga ko‘ra, hukumat ma’lum ma’lumotlarning sizib chiqishi mamlakat milliy yoki iqtisodiy xavfsizligiga tahdid solishi mumkin deb hisoblasa, ularni maxfiy deb tasniflash imkoniyatiga ega. Xususan, gap yangi ishlanmalar yoki texnologiyalar, ta’minot zanjirlari va xavfsizlik tizimlari haqidagi ma’lumotlar haqida bormoqda.

Bunday ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun murojaat qilgan davlat amaldorlari va xususiy kompaniyalar xodimlari har tomonlama chuqur tekshiruvdan o‘tishi lozim. Xususan, ularning oila a’zolari, millati, huquqbuzarlik tarixi, giyohvandlik yoki alkogolizm va hokazolarni tahlil qilishlari kerak bo‘ladi.

O‘zA