Shimoliy Amerika aholisi Quyoshning to‘liq tutilishini kuzatishmoqda. Bu hodisa taxminan har 18 oyda sodir bo‘ladi, u Yerning turli qismlarida ko‘rinadi, deb xabar bermoqda “Kazinform” agentligi.

Quyosh tutilishi vaqti uzoq davom etmagan. Atigi 4 daqiqa 28 soniyada bu hodisani 31 milliondan ortiq odam kuzatishi mumkin bo‘lgan.

Oy Quyoshni qoplay boshlagan paytdan boshlab to‘liq tutilish fazasigacha taxminan 80 daqiqa o‘tgan. Keyin esa bu jarayonni yakunlash uchun yana 80 daqiqa kerak bo‘ladi.

Mazkur voqeani birinchi bo‘lib Meksika, keyin esa AQSH va Kanada aholisi kuzatgan.

Mexiko shahrida g‘ayrioddiy hodisani kuzatishni xohlovchilar shaharda quyosh tutilishini kuzatish uchun jihozlangan joylardan biri bo‘lgan «Xoakin Gallo» planetariysiga kelgan.

Qo‘shma Shtatlarning ba’zi shaharlarida favqulodda holat e’lon qilindi va tartibni saqlash uchun Milliy Gvardiya safarbar qilindi.

O‘zA