Joriy yilning 18-19-aprel kunlari Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Qozog‘istonga tashrif buyuradi. Bu ma’lumotni Qirg‘iziston Respublikasi rahbari matbuot xizmati tasdiqladi, deb xabar beradi “Kazinform” axborot agentligi.

Tashrif doirasida ikki davlat prezidentlari Oliy davlatlararo kengash yig‘ilishini o‘tkazadi. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.

Bundan tashqari, Sadir Japarov Qozog‘istonda Qirg‘iziston kinosi kunlarining ochilishi va boshqa qator tadbirlarda ishtirok etishi kutilmoqda.

O‘zA