Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda uy-joy va mahalla infratuzilmasini yaxshilash – doimo diqqat markazida bo‘lishi qayd etildi.
Xususan, bu yil viloyatda 4,5 ming xonadonli 118 ta uy-joy qurish reja qilingan.
Davlatimiz rahbari bu yetarli emasligini qayd etib, uy-joy qurilishini ko‘paytirish zarurligini ta’kidladi. Do‘stlik tumanidagi “barak” uylar o‘rnida yangi uy-joy qurish tajribasi asosida qolgan tumanlardagi 2 mingga yaqin eski uylar o‘rnida 50 ming xonadonli zamonaviy uylar qurish dasturini tasdiqlash topshirildi.
Zomin, Baxmal va Forishda ham uy-joy qurish dasturlari boshlanadi.
O‘zA