Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlatimiz rahbari elektr jihozlari chiqarishni yo‘lga qo‘ygan “Mono elektrik” korxonasining kasanachilik asosida 250 nafar ko‘zi ojizlarni ish bilan ta’minlash rejasini namunali tajriba sifatida qayd etdi. 

– Bu – ular uchun ham doimiy daromad manbai, ham jamiyatda o‘z o‘rnini topishga imkon, – dedi Prezident.

Mutasaddilarga bu borada Jizzax tajribasini yo‘lga qo‘yish, shu kabi kasanachilik loyihalarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘zA