Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Jizzaxda tomorqalarni ishga solish bo‘yicha 309 ta mahallaga lider tadbirkor – eksportchilar biriktirilishi belgilandi.

Lider tadbirkor – eksportchi uchun har bir mahalla ixtisoslashuvidan kelib chiqib tomorqada 50 million so‘m daromad qiladigan moliyaviy xizmat paketi ishlab chiqiladi.

Bu borada banklar lider tadbirkorlarga aylanma uchun 3-yil muddatga 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratadi, byudjet hisobidan agronom jalb qilish, o‘qitish, mahallada yig‘ish, saqlash va quritish punktlarini tashkil qilish uchun 1 milliard so‘mgacha grantlar beradi, xonadonlarga Oilaviy tadbirkorlik dasturidan 33 million so‘mdan, “Biznesga birinchi qadam” dasturidan 17 million so‘mdan kredit ajratadi.

O‘zA