Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish davom etmoqda.

Zarbdordagi “Zarbdor tekstil” korxonasida 800 kishi ishlaydi. Turkiyalik investor bu yerda yana 1 ming o‘rinli quvvatlarni ishga tushirish va eksportni 50 million dollardan oshirishni mo‘ljallagan.

Davlatimiz rahbari bunday minglab ish o‘rinlari yaratadigan, eksport qiladigan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi.

Mutasaddilarga eksport hajmi 50 million dollardan oshgan korxonalarga aylanma uchun 10 million dollargacha resurs ajratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

O‘zA