Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda qayd etilganidek, Jizzax viloyatida iqtisodiyotni yangi bosqichga ko‘tarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirish uchun mavjud salohiyat to‘liq ishga solinmayapti. Viloyat va tumanlar rahbariyatining bu boradagi faoliyati juda sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

So‘nggi uch yilda Jizzaxda yillik aylanmasi 1, 10 va 100 milliard so‘mdan yuqori korxonalar ko‘paygani bilan o‘rta korxonalar sonining o‘sish sur’ati kutilganidek bo‘lmayapti. 

Viloyat ekin yerida yetishtirilayotgan mahsulot boshqa viloyatlarga nisbatan ikki barobar kam.

Hudud sanoatining 80 foizi 3 ta tarmoq – avtomobilsozlik, to‘qimachilik va qurilish materiallari hissasiga to‘g‘ri keladi. Farmatsevtika, charm-sanoat, metallurgiya, mebelchilik, elektrotexnika kabi tarmoqlarning ulushi juda kam.

O‘zA