Hayit kuni jamoat transporti bepul xizmat ko‘rsatadi
701

Bu haqda Vazirlar Mahkamasida Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o‘tkazishga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Ramazon hayiti bayramining birinchi kuni respublikadagi barcha jamoat transporti vositalari soat 04:00 dan 10:00 ga qadar aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi.
Eslatib o‘tamiz, bu yilgi Ramazon hayiti 10-aprel kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Sh. Mamaturopova,
O‘zA