Turkiyaning iqtisodiy va madaniy poytaxti Istanbul “Yevropa o‘yinlari-2027” musobaqalarini o‘zida qabul qiladi, deb e’lon qildi shahar meri Ikrom Imomo‘g‘li. Yevropa o‘yinlari nufuzli xalqaro sport musobaqasi hisoblanadi. Yevropa Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan ushbu musobaqalar har to‘rt yilda o‘tkaziladi. Unda Yevropa qit’asining barcha mamlakatlaridan sportchilar ishtirok etadi.

*** 

Gruziya parlamenti binosi qarshisida anoagentlar haqida qonun loyihasining qabul qilinishiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tmoqda. Bugun Parlament byurosida Gruziya jamoatchiligi orasida faol muhokama qilinayotgan ushbu qonun loyihasi ovozga qo‘yilmoqda, deb xabar tarqatdi “Tbilisi life” nashri.

*** 

Eron agar AQSH G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni ta’minlay olsa, Isroilga zarba berishdan tiyilishi mumkin. “The Jerusalem Post” shu haqda yozdi. Arab diplomatiya manbalarida keltirilishicha, «agar Amerika vaziyatni ushlab turolsa,  bu Bayden ma’muriyati uchun katta muvaffaqiyat hisoblanadi».

*** 

​​Qozog‘istonda qariyb 60 ta aholi punktlari suv toshqinlari tufayli tashqi dunyodan uzilib qoldi, dedi mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili  Orazalin. Suv toshqinlari boshlangandan buyon 75 ming kishi qutqarilgan va xavfsiz joyga ko‘chirilgan, ularning 18 ming nafari bolalar.

*** 

«Crocus city Hall»dagi voqealardan keyin hozirgacha Rossiyada migrantlarga qarshi ochilgan ishlar 70 foizga ko‘paydi. Ular migrantlar qonunchiligini buzganlikda ayblanmoqda, deb bayonot berdi “Human Rights Watch” (HRW) Xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti.

*** 

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibining Ukraina Rossiya-Ukraina nizosida ishtirok etish uchun Tojikistondagi elchixonasi orqali yollanma askarlarni tayyorlayotgani haqidagi bayonotini rad etdi.

*** 

Mozambik shimolida suvdagi qayiqning ag‘darilishi oqibatida 90 dan ortiq odam, jumladan, bir necha bolalar cho‘kib ketdi.

*** 

Ukraina bo‘yicha sammit Shveysariyaning Lyutsern shahrida bo‘lib o‘tishi mumkin, deb xabar tarqatdi “Blumberg” agentligi. Shveysariya tashqi ishlar vazirligi vakili ma’lum qilishicha, sammit o‘tkaziladigan kun va joyi hali aniq emas. Manbada keltirishicha,  Shveysariya hukumati bu haqda 10-aprelda rasman bayonot berishi mumkin.

*** 

Polsha prezidenti Anjey Duda “Dziennik Gazety Prawnej” nashriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, hozir Rossiyaning mamlakatga hujum qilish tahdidi ko‘rinmayapti.
Dudaning aytishicha, Varshava “Rossiya hujumiga” qarshi turishga tayyor, lekin buning uchun mudofaani mustahkamlash kerak.

*** 

Rossiya va Xitoyning  Xalqaro ilmiy oy stansiyasi loyihasiga Turkiya   va boshqa bir qancha mamlakat qo‘shilmoqchi, deya ma’lum qildi Rossiya Fanlar akademiyasi koinot tadqiqotlari instituti direktori Anatoliy Petrukovich. Loyihadan maqsad – ko‘p yo‘nalishli hamda maqsadli ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, Oyni tadqiq qilishdan iborat.

S.Rahimov,

O‘zA