Yaqinda Tojikiston Milliy universiteti rektori, professor Emomali Nasriddinzoda Fransiya Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi elchisi Elza Pinyol bilan ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida talabalar almashinuvi masalalarini muhokama qildi, deya xabar bermoqda “Xovar” axborot agentligi.

Uchrashuvda tomonlar ta’lim sohasidagi ikki tomonlama munosabatlardan mamnun ekanligini ta’kidlashdi.

O‘zaro muloqot mobaynida shoir-yozuvchilar asarlarini o‘rganish, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi va xalqaro forumlar tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Yakunda vakillar stipendiya asosida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga kelishib, do‘stlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alarini topshirishdi.