Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi.

Ko‘hna Xiva shahrida o‘tgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.

“Xiva gilamlari” kombinati faoliyati, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishildi.

Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilindi.

Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kuzatib qo‘ydi. So‘ng davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.