Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan, qarzdor S.R.dan undiruvchi S.D.ning foydasiga ikki nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi.
Qarzdor S.R. aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurganligi oqibatida uning qarzdorligi 7 million so‘mdan oshgan.
Shu bois Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdor S.R.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Chimboy tuman sudiga yuborilgan.
Sud tomonidan qarzdor S.R.ga O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining tegishli moddasiga asosan o‘n besh sutka qamoq jazosi qo‘llanildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri