2023-yilning 19-may kuni Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi birinchi sammitida Davlatimiz rahbari tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoyning huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflari ilgari surilgan edi.

Mazkur vazifaning ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizga Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a’zosi – Jamoat xavfsizligi vaziri janob Van Syaoxunning tashrifi amalga oshirildi.

 

M.Eshmirzayeva, O‘zA