FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida kurash bo‘yicha 2006-2007-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi chempionati musobaqasi o‘tkazildi. Unda 200 nafardan ortiq iqtidorli sportchi ishtirok etib, tegishli vazn toifasida o‘zaro bellashdi.
O‘smirlar o‘rtasida Arman Kenesboyev (42kg), Og‘abek Muratboyev (46kg), Adhambek Soliyev (50kg), Gamzat Maxsetboyev (55kg), Zokirjon Boltaboyev (60kg), Abdulla Baxtiboyev (65kg), Sanjar Jumaniyozov (71kg), Zafarbek Yo‘ldoshev (77kg), Otabek Medetboyev (83kg), Beket Orinbosarov (90kg), Ruslan Toliboyev (+90kg) musobaqa g‘olibi bo‘ldi.
Qizlar bellashuvida Nargiza Niyetullayeva (36kg), Ulbosin Davletmuratova (40kg), Dinara Bozorboyeva (44kg), Eldana Akbolat (48kg), Umida Eshniyozova (52kg), Aqsingul Toqtarboyeva (57kg), Zumrad Jumamuratova (63kg), To‘maris Sultamuratova (70kg), Mahbuba Ubaydullayeva (+70kg) birinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA