Shvetsiya 1991-yildan beri kuzatilmagan aprel oyi sovuq haroratini boshdan kechirmoqda. Gidrologiya va meteorologiya instituti (SMHI) mutaxassisi Erik Xoygard-Olsen fikricha, bu hozirgi mavsum uchun juda sovuq.
“AzerTAJ” xabarida mamlakat janubida kuchli qor yog‘ishi transport harakatini to‘xtatib qo‘ygani, natijada ko‘p kilometrlik tirbandlik paydo bo‘lgani aytilgan.
Transport boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, avtomobil yo‘lidagi uzun navbatga shinalari eskirgan yuk mashinalari sabab bo‘lishi mumkin. Qutqaruv xizmati jabrlanganlarga yordam ko‘rsatmoqda.
Meteorologlar Vesterbotten okrugida kechasi -32,4, Laplandiya tog‘ida esa -34,1 darajani qayd etdi.
Kuzatuv boshlangandan beri qayd etilgan eng sovuq aprel harorati -36,5 daraja 1915-yil mamlakat shimolidagi Karesuandoda qayd etilgan.