Yaponiyaning Miyazaki muzofotida yashin chaqnab, maktab futbol maydonida o‘ynayotgan 16 kishini jarohatladi.
“Kyodo” agentligi xabariga ko‘ra, Oyodo Gakuen Xosho litseyida ikki jamoa o‘rtasidagi mashg‘ulot payti yuz bergan hodisadan so‘ng darhol o‘quv muassasasiga o‘t o‘chirish boshqarmasi xodimlari yetib kelgan.
Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizildi, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir. NHK davlat teleradiokompaniyasi xabarida yashin urganlar yurak xurujiga uchragani aytilgan.
Yaponiya meteorologiya agentligi (JMA) iliq va nam ob-havo past bosimga sabab bo‘layotgani, yomg‘ir bulut to‘planishi va chaqmoq chiqishi uchun sharoit yaratayotganidan ogohlantirgan.