Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi ““Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” tamoyili asosida aholini tadbirkorlikka keng jalb etish” mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 2-tanlovni E’LON QILADI

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

1.  “Davlat organlari, biznes subyektlari bilan hamkorlikda  fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulklarni tashkil etish orqali yoshlar, ayollar va yosh oilalarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;

2. Chekka, tog‘li va olis qishloq hududlarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini qo‘llab-quvvatlash;

3. Band bo‘lmagan aholini, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarni hududning xususiyatidan kelib chiqib, ularning iqtisodiy, moliyaviy va biznes sohasidagi ko‘nikmalarini yuksaltirish hamda tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb qilish;

4. Yolg‘iz va ko‘p bolali oilalar farzandlarini, ishsiz yoshlarni qo‘shimcha kasblarga (tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik va boshqa yo‘nalishlar) o‘rgatish hamda bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;

5. Mahalliy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali mahallalarda ijtimoiy korxonalarni tashkil etish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan aholi qatlamining bandligini ta’minlash;

6. Kam ta’minlangan va daromadi past aholi qatlamining ijtimoiy faolligini oshirish, aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, insonning ichki imkoniyati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

7. “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” tamoyilini hayotga joriy etish orqali aholini tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik, hunarmandchilikni rag‘batlantirish borasida targ‘ibot ishlarini olib borish;

8. Turizm mahallalarida milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga aholining ish bilan band bo‘lmagan qismini jalb qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;

9. Uy xo‘jaligidan foydalangan holda daromad manbaini shakllantirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va daromadlar manbaiga aylantirishga ko‘maklashish;

10. Milliy hunarmandchilik sohasida ustoz-murabbiylik an’analarini yanada rivojlantirish, keksa avlodning bilimi, tajribasi va mehnat salohiyatidan foydalanish, ularni hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish

11. Turizmning tarixiy-ilmiy, ekologik, gastronomik va boshqa turlarini xorijiy auditoriya o‘rtasida ommalashtirish orqali O‘zbekistonning sayyohlik hamda madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;

12. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida fuqarolik jamiyati institutlarining xospislar tashkil etishdagi roli.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiningwww.fondngo.uz  rasmiy veb sayti va https://t.me/GROUP_JAMOAT_FONDItelegram kanalida joylashtirilgan va yangi yuklangan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;

6. Tashkilotning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

7. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 200 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2024-yil 1-apreldan 2-maygacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (78)238-23-76, (78)238-23-77.

 

O‘zA