Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor Chimboy tumani tibbiyot birlashmasidan 21 nafar ishchi- xodimga jami 83,6 million so‘m oylik ish haqini undirish belgilangan edi.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Chimboy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishildi.
Amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 21 nafar ishchi-xodimning 83,6 million so‘m ish haqi undirib berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri