22-mart kechqurun Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll”da sodir etilgan terror xuruji oqibatida olti nafar bola halok bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi bolalar huquqi bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova jurnalistlarga ma’lum qildi.

“AzerTAJ” xabarida so‘nggi ma’lumotga ko‘ra, 144 nafar inson halok bo‘lgani, 551 kishi jarohatlangani keltirilgan.

Mariya Lvova-Belova terakt payti jarohatlangan besh bola hamon kasalxonada ekani, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘irligini ham ta’kidladi.