“Silk Avia” kompaniyasiga tegishli havo kemasining dastlabki reysi “Nukus –Mo‘ynoq” yo‘nalishida parvozni amalga oshirib, Mo‘ynoq aeroportiga qo‘ndi.
Aprel oyidan boshlab yangi ochilgan “Nukus–Mo‘ynoq–Nukus” yo‘nalishida haftaning dushanba, juma va yakshanba kunlari soat 9:00 da “Nukus – Mo‘ynoq” hamda soat 10:05 da “Mo‘ynoq – Nukus” yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, yangi samolyot qatnovi yo‘lga qo‘yilishi bilan Qoraqalpog‘istonning turistik manzillaridan biri bo‘lgan Mo‘ynoq tumaniga sayyohlarning kelishi, shu bilan birga, mahalliy aholi uchun ham qulaylik yaratildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri