O‘tayotgan hafta dunyo bo‘ylab turli xil qiziqarli hodisalarga boy bo‘ldi, o‘ziga xos voqealar rivoji bilan yodda qoldi.

Odatdagidek, “Jahon hafta ichida” rukni orqali eng muhim voqealar qisqacha tafsilotini suratlar yordamida e’tiboringizga havola etamiz.

Janubiy Afrikaning Durban hududida mahalliy aholi vakili okeanga yuzlanib, diniy marosim o‘tkazmoqda.

Drondan olingan surat: migrantlar sovuq havodan aziyat chekayotgani, Texasning El-Paso shahridagi Rio-Grande qirg‘og‘i bo‘ylab sim o‘rnatilgan panjarani buzib o‘tib, immigratsiya xizmati xodimlariga taslim bo‘lish uchun chegara devoriga tizilishayotganini ko‘rish mumkin.

Ultra-pravoslav yahudiylari majburiy harbiy xizmatdan ozod bo‘lish uchun Kiryat-Onodagi Isroil chaqiruv idorasida navbatda turishibdi.

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida Ramazon oyining 21-kuni maktab-internat o‘quvchilari islom dini muqaddas kitobi – “Qur’oni Karim”ni o‘qishmoqda.

Isroil askarlari G‘azo bidan chegara bo‘ylab harbiy jipda ketmoqda.

Xalqaro “Qizil Xoch” jamiyati vakili yosh migrantga Arguineguin portida Ispaniya qirg‘oq qo‘riqlash kemasidan tushishga yordam bermoqda.

O‘ng faollarga qarshi fashistik hujumda ishtirok etganlikda ayblanayotgan italiyalik o‘qituvchi Ilaria Salis Vengriyaning Budapesht sudida o‘tiribdi.

AQSHning Merilend shtati Baltimor shahridagi “Frensis Skott Key” ko‘prigiga borib urilayotgan “Dali” yuk kemasi.

Vladimir Putin Tver viloyati Torjok shahridagi Mudofaa vazirligi parvoz ekipajini jangovar qayta tayyorlash markaziga tashrif buyurdi.

G‘azo janubidagi Rafoh shahrida raketa zarbasi natijasida halok bo‘lgan falastinlikning jasadini olib ketishmoqda.

AQSH prezidentligiga mustaqil nomzod kichik Robert Kennedi Kaliforniya shtati Oklend shahrida mamlakat vitse-prezidentligiga Nikol Shenaxan nomzodini tavsiya qilmoqda.

Ekvadorning Guayakil shahrida politsiya xodimlari qo‘shma harbiy amaliyotdan so‘ng hibsga olingan jinoyatchilarni ommaviy axborot vositalariga ko‘rsatmoqda.

Ayol Italiyaning Milan shahrida tashkil etilgan rassom Nari Uordsning “Ground Break” ko‘rgazmasi ochilish marosimida qatnashmoqda.

Buyuk Britaniya fermerlari oziq-ovqat importi bilan bog‘liq islohotga qarshi norozilik bildirish uchun London markazi bo‘ylab traktor haydamoqda.

Moskva yaqinidagi konsert maydonida sodir etilgan halokatli hujumdan so‘ng yonib ketgan “Crocus City Hall” binosi oldidagi yo‘l chetiga marhumlar xotirasi uchun gullar qo‘yildi.

Hindistonning Mumbay shahrida Xoli bayramida yuziga rangli kukun surtilgan qizning ahvoli.

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatidagi Duke-de-Kaxias shahrida kuchli yomg‘irdan so‘ng suv bosgan uyida shippagini olayotgan bolakay.

Bassiru Diomaya Fey tarafdori Senegalda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining dastlabki natijasiga ko‘ra, Fey yetakchilik qilayotganidan quvonchi ichiga sig‘mayapti.

Shveysariyaning Le Sepey shahrida nargis guli qorda gulladi.

O‘tkir Mirzo tayyorladi.

O‘zA