FOTOREPORTAJ

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari hamda milliy-madaniy markazlar xodimlari, institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Tojiboy Romanov, institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Quvondiq Qodirov so‘z olib, barchani o‘lkamizga kirib kelgan yangilanish va yasharish, ijodkorlik va yaratuvchilik ayyomi – Navro‘z umummilliy bayrami bilan tabrikladi. Shuningdek, institut jamoasi va talaba yoshlarning qator yutuqlari xususida so‘z yuritdi.

Tadbir doirasida turli sport musobaqalari, talabalar ijodiga oid tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi, hunarmandchilik mahsulotlari, milliy taomlar namoyishi hamda kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Teatrlashtirilgan konsert dasturida institutning ijodiy jamoalari tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA