FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Taxiatosh tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni maqsad qilgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga zarur huquqiy maslahatlar berishda e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda. Buning samarasida hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tobora rivojlanmoqda.

Tuman markazida yaqinda faoliyat boshlagan “EKO SHIFO MAHSULOTI” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qizilmiya o‘simligi chiqindisidan yoqilg‘i sifatida qo‘llaniladigan briket mahsuloti ishlab chiqarilmoqda.

Tadbirkor Ilyos Fozilov rahbarligidagi ushbu korxonada jami 250 million so‘mlik zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Hozirda bu yerda 4 nafar kishi ish bilan ta’minlandi. Korxonada ishlab chiqarilayotgan briket mahsuloti arzonligi va yuqori sifati bilan xaridorlar e’tiborini tortmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA