Xitoy va AQSH bir-biriga yordam berib, turli sohalarda rivojlanishi kerak, dedi XXR raisi Si Szinpin Pekinda amerikalik ishbilarmon doira vakillari bilan kechgan uchrashuvda.

– Hozirgi sharoitda Xitoy va AQSH uchun birdek manfaatli nuqtalar kamaymagan, aksincha ko‘paygan, – dedi Si Szinpin. – Savdo, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi kabi an’naviy sohalardan tashqari iqlim o‘zgarishi yoki sun’iy intellekt kabi zamonaviy yo‘nalishlarda ikki davlat bir-biriga xalaqit qilmay, uyg‘un rivojlanishi zarur.

Uning ta’kidlashicha, jahon iqtisodiyotini qayta tiklash, chuqurlashib ketgan xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilish Xitoy va AQSH o‘rtasida o‘zaro muvofiqlik va hamkorlikni talab qiladi.