Vengriyaning “Worknet Kft” kompaniyasi direktori David Penzesh va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Hojiakbar Fayzullaxo‘jayev o‘rtasida videokonferensiya orqali muzokara bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida hamkorlarimizga salohiyatli mehnat migrantlarini tanlab olish, tayyorlash, xorijiy tilga o‘qitish sohasidagi faoliyat, davlat tomonidan taqdim etiladigan kafolat, yaratiladigan sharoit haqida batafsil ma’lumot berildi.

Vengriya tomoni agentlik bilan hamkorlik o‘rnatish, o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini ushbu mamlakatda ishga joylashtirish maqsadida bitim tuzishga tayyorligini bildirdi.

Muzokara yakunida mazkur hujjatni imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Agentlik tomonidan Vengriya kompaniyasi rahbariyatiga tanishish va taklif kiritish maqsadida bitim nusxasi yuborildi. O‘z navbatida, David Penzesh aprel oyidayoq qurilish obyektlarida 100 ish o‘rni taqdim etilishini bildirdi.

Aziza Alimova,

O‘zA