O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan “Qurolli Kuchlarda ijtimoiy himoya” elektron platformasi ishga tushirildi.

Platforma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi tegishli farmoni hamda Qurolli Kuchlarda faoliyatni bosqichma-bosqich raqamlashtirish chora-tadbirlari dasturi ijrosi doirasida yaratildi.

Hozirda platformada uchta – ipoteka krediti, rag‘batlantirish va intizomiy jazo, ijara kompensatsiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha harbiy tuzilmalararo test rejimida ishlamoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining o‘rinbosari Q.Isroilov rahbarligida Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralar mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan muloqotda platforma imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

Platformaning dastlabki amaliyot natijalari va kelgusidagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

 

N.Abduraimova,  

O‘zA