Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Lubomir Frebortni qabul qildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, uchrashuvda Navoiy viloyati hamda Chexiya Respublikasi o‘rtasida hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishning istiqbolli imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda kimyo, tog‘-kon va qurilish materiallari sanoati yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, o‘zaro tashqi savdo aylanmasini kengaytirish, Chexiyadan turistlar oqimini ko‘paytirish, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari va Chexiyaning nufuzli universitetlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabi takliflar o‘rtaga tashlandi.

 

A.Bo‘riyev,  

O‘zA muxbiri