Joriy yilning 25-martida Vazirlar Mahkamasining «Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekistonda yo‘l bo‘yida joylashgan maktablar oldida, to‘rt tasmali yo‘llarning piyodalar o‘tish joylarida, shuningdek, tez-tez YTH sodir bo‘ladigan joylar va temir yo‘l kesishmalarida foto va video qayd etish uchun maxsus avtomatlashtirilgan dasturiy-texnik vositalarni bosqichma-bosqich o‘rnatish boshlanadi. Ushbu yangilik 2024-yil 1-iyuldan boshlab amalga oshirila boshlaydi.

Bu O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Xavfsiz shahar» tizimlarini rivojlantirish markazi tomonidan «Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda» respublika jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, YHXX tomonidan belgilanadigan joylarga o‘rnatiladi.

Shuningdek, endi kameralar ko‘p YTH sodir bo‘ladigan joylarda ham bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, videokuzatuv kameralari baxtsiz hodisalar sonini kamaytirishga yordam beradi va shuning uchun yo‘lni kesib o‘tishda piyodalarni himoya qiladi.

 

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA