Qirg‘izistonda 26-martdan boshlab mobil va radio aloqa xizmati ko‘rsatish qoidasi kuchga kirdi. Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan hujjatga ko‘ra, mamlakatdagi barcha uyali aloqa operatorlari uchun SIM-kartani majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etildi. Bu haqda “Kazinform” xabar bergan.
Yangi qoida joriy yil 1-aprelidan boshlab xarid qilinadigan barcha raqamlarga tegishli. Bu o‘zgarish obunachilar shaxsini belgilash tartibini soddalashtiradi. Fuqaro SIM-karta sotib olgach, raqamni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan cheklangan xizmatdan foydalanishi mumkin. Abonent o‘z nomiga raqamni ro‘yxatdan o‘tkazgandan keyingina, aloqa xizmatidan to‘liq foydalana oladi. Savdo ofisiga bormasdan, operator mobil ilovasida raqamni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibidan mustaqil ravishda o‘tish ham mumkin. Buning uchun pasport va tegishli ko‘rsatmaga amal qilish talab etiladi.
Ushbu chora-tadbirlar foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotini firibgarlardan himoya qilishga qaratilgan.