“Al-Ahram darvozasi” (gate.ahram) nashri Misr Diplomatik tadqiqot instituti va mamlakatimizdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘rtasida diplomatik kadrlar tayyorlash va tajriba almashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagani to‘g‘risida maqola e’lon qildi. Hujjatni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev hamda Misr tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, ushbu muassasa direktori Valid Xaggog mazkur arab davlatining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Amira Fahmiy ishtirokida imzolagan.

Endi tomonlar diplomatlar, akademik, rasmiy ekspert-tadqiqotchilar almashinuvi va kadr tayyorlash bilan bog‘liq dasturlar bo‘yicha malaka oshirish, qo‘shma tadqiqot o‘tkazish, umumiy manfaatdor sohalarda ilg‘or tajriba almashish orqali hamkorlik qiladi.

.

– Shuningdek, elchi Valid Xaggog talabalarga tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, dolzarb muammolar va Misrning Yaqin Sharq mintaqasidagi voqealarga yondashuvi mavzusida ma’ruza qildi, – deya qayd etgan muallif.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA