Mamlakatimizda infarkt va insult asorati oqibatida faol hayoti cheklangan aholini tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya bilan to‘liq qamrab olish muhimligi qayd etildi.

Bu boradagi ishlarni yaxlit tizim asosida tashkil qilishga ko‘rsatma berildi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga insult va jarrohlik amaliyotidan so‘ng reabilitatsiya qilish bo‘yicha yagona milliy tizim yaratish, televideniye, radioda sog‘lom turmush, to‘g‘ri ovqatlanish targ‘ibotini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

O‘zA