Prezident Namangan viloyatidagi imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

308

Xususan, Sayxunobod tajribasi asosida mahallalarda jami 4 mingta xonadonni tanlab olib, ularning daromadini oshirish choralari ko‘riladi. Keyingi bosqichda yana 4 mingtasiga moliyaviy, texnik, maslahat va boshqa ko‘rinishdagi amaliy yordam beriladi.

Shu tartibda, 35 ming xonadonga gulchilik, issiqxona, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, uzumchilik, qulupnay, kartoshka yetishtirishga ko‘maklashiladi. Bunga yetarli miqdorda kredit ajratish rejalashtirilgan.

O‘zA