Tadbirkor Araz Agalarov RBK kanaliga bergan intervyusida Moskva yaqinida jumu kuni kechqurun yuz bergan otishma Rossiyada so‘nggi 20-yil ichida sodir bo‘lgan eng dahshatli fojia ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar zalga eshikdan emas, qo‘shni bino – ko‘rgazma markazi oynasi orqali kirgan.

– Pulemyotlar tayyor holatda ekan, – qo‘shimcha qilgan biznesmen. – Ular ko‘zga ko‘ringan hammaga o‘q ota boshlagan. Soqchilar ham nishonga olingan. Bir qo‘riqchi halok bo‘ldi, ikkinchisi yaralandi. Biz ularni qo‘riqchi emas, nazoratchi deymiz.

Agalarov hodisani umuminsoniy qadriyat nuqtayi nazaridan tushuntirib bo‘lmaydigan holat, deb atadi.

Hozir u o‘g‘li Emin va filial direktori Roman Grachev bilan birga fojia joyida.